Kimga ishonaylik? Qashqadaryoda unashtirilgani aytilgan qiz voqeasi bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida 7-sinf o‘quvchisi unashtirilayotgani haqida xabar tarqalgandi. Shundan so‘ng Bolalar ombudsmani mazkur holatga bergan munosabatida qizning ota-onasiga tayanib, tarqalgan videodagi holat qizning unashtiruv marosimi emas, tug‘ilgan kuni aks etganini bildirdi.  Bunga Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham o‘z munosabatini berdi.

Aytilishicha, Ko‘kdala tumanidagi 68-maktab o‘quvchisi Q.D. 22 mayda tug‘ilgan biroq voqea qachon yuz bergani qayd etilmagan. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova “Millar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida esa holat may oyida yuz berganini aytgan.

Ammo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bergan rasmiy munosabatda "O‘quvchini tug‘ilgan kuni bo‘lmagan” degan so‘zlar keltirilgan. Viloyat MMTBning bergan mujmal va tushunarsiz izohi ko‘plab savollar tug‘ilishiga olib kelyapti.

Shuningdek, Q.D. Ko‘kdala tumanidagi 68-maktabning 7-sinf o‘quvchisi emas, 8-sinfida o‘qishi aniqlangan. U hozirda majburiy ta’limga asosan ushbu maktabdagi o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda. 

“Qashqadaryo MMTB erta nikoh jarayonlarini keskin qoralashini va bu borada hududlarda tashviqot jarayonlari o‘tkazilayotganini ma’lum qiladi”, deyiladi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabatida.

Ta’kidlash joiz, respublikaning bu hududida qizlarning unashtiruv marosimini erta o‘tkazish urf-odatlari qisman bo‘lsa-da saqlanib qolmoqda. Ayniqsa oxirgi vaqtlarda bunday holatlar yuz bergani haqidagi xabarlar tez-tez yangramoqda.

Masalan, Kosondagi maktabning 8-sinflaridan 9 nafari allaqachon oilali bo‘lgani, maktab direktori ham yosh qizni kelin qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinchalik Qashqadaryo Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bu xabarni rad etib chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing