Kimyo bo‘yicha Nobel sovrindorlari aniqlandi

Olam

image

Kimyo bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti Benjamin List va Devid MakMillanga molekulyar sintez uchun assimetrik organokataliz usullarini ishlab chiqqanligi uchun berildi.

Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi olimlarning samarali dori vositalarini yaratishga va kimyo sanoatini “ko‘kalamzorlashtirishga” qo‘shgan hissasini qayd etdi.

Benjamin List Maks Plank nomidagi ko‘mir tadqiqot institutida (Germaniya), Devid MakMillan Prinston universitetida (AQSH) ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mukofot genomni tahrir qilish usulini yaratgan Emmanuel Charpentiyer va Jennifer Doudnaga berilgandi.

Ertaga, 7 oktyabrda Nobel qo‘mitasi adabiyot bo‘yicha mukofot egasini aniqlaydi. Tinchlik mukofoti laureati 8 oktyabr kuni Osloda e’lon qilinadi. Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot egasi 11 oktyabrda ma’lum bo‘ldi. 

Avvalroq, “Fiziologiya va tibbiyot” bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofotini tirik organizmlar haroratni qanday his qilishini o‘rgangan olimlar Devid Julius va Ardem Pataputyan qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, Syukuro Manabe, Klaus Xasselman va Jorjio Parizi “murakkab fizik tizimlarni tushunishga novatorlik hissalarini qo‘shgani" uchun fizika bo‘yicha Nobelga loyiq ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing