Kim mamlakat Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi
Olam
−
10:45 1778 1 daqiqa
Kecha, 8 fevral kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Xalq armiyasi tashkil etilganining 78 yilligi munosabati bilan mamlakat Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kim Chen In harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabriklab, Koreya Xalq armiyasining faxriy qorovul safini ko‘zdan kechirgan. Uni Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli rahbarlari kutib olgan.
Kim Chen In ushbu sana nafaqat harbiylar, balki butun mamlakat aholisi uchun muhim bayram ekanini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy sohada faxrlansa arzigulik yutuqlarga erishilgan.
KCNA xabariga ko‘ra, tadbir davomida tanklar musobaqasi hamda uzoq masofaga mo‘ljallangan artilleriya bo‘linmalarining mashqlari namoyish etilgan. Shuningdek, Kim Chen In armiyani har qanday dushmanga qarshi kurashishga tayyor, kuchli va yengilmas armiya sifatida rivojlantirish muhimligini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRda Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilganlar qattiq jazolanayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi