Kim kuchliroq Ronaldu yoki Ronaldino? Neymar o‘z tanlovini aytdi (video)

Sport

image

Braziliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi a’zosi portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduni braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldinodan kuchliroq hisoblaydi. Bu haqda Neymar “Eng yaxshi o‘yinchini tanla” nomli o‘yinda aytib o‘tdi.

Dastlab, Neymar Ronaldinoni ko‘plab futbolchilardan ustun qo‘yayotgandi, biroq Ronaldu va Ronaldino o‘rtasidagi tanlovga kelganda futbolchi biroz qiynalib, Ronaldu deya javob qaytardi.

Kim Messi kuchliroqmi yoki Ronaldu, degan savolga 32 yoshli futbolchi Messi deb javob qaytardi. Neymar hatto Messi o‘zidan ham yaxshiroq futbolchi ekanligini yashirib o‘tirmadi. 

Ma’lumot uchun, Neymar 2023 yilning yozida PSJdan “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tgan edi. Saudiya klubi safida Neymar 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldin'o Braziliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made