Kim Chen Inning qiyofadoshi Vetnamdan quvib chiqarildi

Olam

image

Amerika-Shimoliy Koreya sammiti hali boshlanmasidan turib ba’zi kelishmovchiliklar kelib chiqdi. Vetnam hukumati Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan avstraliyalik Xovard Xni davlat hududidan chiqarib yubordi.

Xovard va AQSH prezidenti Donald Trampning qiyofadoshi kanadalik Rassel Uayt doim bu ikki davlat prezidenti uchrashishi mumkin bo‘lgan joyda hoziru-nozir bo‘lishadi. Bu kabi holatlar odatda OAV va oddiy xalq o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘ladi. Masalan, 2018 yil Pxenchxandagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida  Xovard X shimoliy koreyalik muxlislar bilan muloqot qilishga uringan, bundan tashqari, o‘tgan yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan birinchi Amerika-Shimoliy Koreya sammitida ham o‘ziga xos piar uyushtirishga harakat qilgandi.   

Bu safar ham “juftlik” vaqtidan oldin Xanoyga yetib keldi va birgalikda shahar bo‘ylab suratga tushishdi, rasmiy uchrashuvlar va matbuot anjumaniga taqlid ko‘rinishlar namoyish etishdi. 

Ammo Vetnam politsiyasi bu hazilomuz taqlidni tushunmadi. OAV bergan xabarga ko‘ra, politsiya Xovard Xni kecha, 25 fevral kuni hibsga olgan. So‘roqdan keyin uning vizasi bekor qilingan.  U  Gonkongga uchadigan reys orqali mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi. 

“Quvib chiqarilishimning asosiy sababi – bu Kim Chen Inga o‘xshab tug‘ilganimda. Bu asl jinoyatim. Kim Chen In esa hazilni tushunmaydi”, deydi jurnalistlarga bergan intervyusida Xovard X kinoya bilan. 

Trampning qiyofadoshi bilan esa nisbatan yaxshiroq munosabatda bo‘lishdi. Uni ham qo‘lga olib so‘roq qilishdi, ammo piar qilmaslik, prezidentga o‘xshashini namoyish etmaslik, Tramp uslubida kiyinmaslik sharti bilan Xanoyda qolishga ruxsat berishdi. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp Kim Chen In Xovard X Rassel Uayt

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing