Kim Chen Inning qizini voris deyishga hali erta – vazir Kvon Yon Se
Olam
−
27 fevral 2023 6618 2 daqiqa
Janubiy Koreyani birlashtirish vaziri Kvon Yon Sening fikricha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qizini uning vorisi deb aytishga hali erta. Vazir ushbu fikrlarni CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.
“Shimoliy Koreya vorislik rejasini hozirdan boshlagan taqdirda ham, u harbiylarga e’tibor qaratgan Shimoliy Koreya rejimini boshqara oladimi yoki yo‘qmi, degan savol mavhumligicha qolmoqda”, deydi Kvon Yon Se.
Uning qayd etishicha, ko‘pchilik mamlakat rejimi asosan qurolli kuchlarga qaratilgan Shimoliy Koreyani ayol kishi boshqara olishiga shubha qiladi.
“Shu bilan birga, Kim Chen Inning boshqa merosxo‘rlari bor yoki yo‘qligini hech kim aniq bilmaydi”, deya qo‘shimcha qildi Kvon Yong Se.
Shuningdek, Kim Chen Inning 2010 yilda tug‘ilgan o‘g‘li borligi haqidagi taxminlar ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, ommaviy axborot vositalarida Shimoliy Koreya yetakchisining qizi Kim Chju E olti marta omma oldida chiqish qilgan edi. Jumladan, u raketa sinovi va harbiy paradda ishtirok etdi.
So‘nggi ko‘rinish “Yorqin yulduz” kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi va Mudofaa vazirligi jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqasida bo‘ldi.
QALAMPIR.UZ muxbiri Alibek Beyjanov “Kim Chen Inning qizi nega birdan hammaning e’tiboriga tushdi?” maqolasida Shimoliy Koreya vorislari haqida batafsil ma’lumot bergan.
Umida Muxtorbekova
Live
Barchasi