Kim Chen In Janubiy Koreya bilan chegaradagi qo‘shinlariga yangi ballistik raketalarni topshirdi
Olam
−
05 avgust
4731Kecha, 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan chegaradagi old bo‘linma qo‘shinlariga 250 ta yangi taktik ballistik raketa uchiruvchi qurilmalarni topshirdi. Bu haqda “North Korea News” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, marosim oldidan mamlakat yetakchisi KXDR qurolli kuchlarining asosiy hujum quroli sanaladigan raketalarni shaxsan ko‘zdan kechirib, keyin ularni chegara qo‘shinlariga topshirgan.
Mamlakat yetakchisi nutqi davomida AQSH bilan muloqot va qarama-qarshilikda qatnashish imkoniyatiga ega ekanini yana bir bor ta’kidlagan, ammo u Oq uyni kim egallashidan qat’i nazar, Qo‘shma Shtatlarni kelajak avlodlar duch kelishi mumkin bo‘lgan dushman davlat sifatida ko‘rishini aytgan.
“Raketalar qurolli kuchlarimizning yangi asosiy hujum qurolidir”, deydi KXDR yetakchisi AQSHdan kelayotgan tahdidlarga qarshi turish uchun yadroviy salohiyatni yaxshilashga chaqirar ekan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyining boshida Shimoliy Koreyaning raketasozlik bosh boshqarmasi yangi “Xvason-11da-4,5” taktik ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi. Yangi raketa og‘irligi 4,5 tonna bo‘lgan o‘ta yirik jangovar kallakka ega bo‘lib, uchish maksimal masofasi 500 kilometrni tashkil etadi.
LiveBarchasi