Kim Chen In yangi dronlarini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Shimoliy Koreya uchuvchisiz uchish apparatlari uyushmasi ilmiy-tadqiqot institutlari va korxonalarida ishlab chiqilgan dronlarni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Sinovlarni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shaxsan nazorat qilgan. U “turli uchuvchisiz qurollar, jumladan, strategik va taktik razvedka uchuvchisiz uchoqlari hamda ko‘p maqsadli dronlarning xususiyatlari va jangovar qo‘llanilishi bilan tanishgan”.

Qayd etilishicha, mazkur sinovlar Geumsong seriyali taktik hujumchi dronlarining samaradorligini tasdiqlagan.

“Men allaqachon ta’kidlaganimdek, zamonaviy urushlarda uchuvchisiz qurollardan foydalanish yanada kengayib, harbiy harakatlarning yetakchi vositasiga aylanmoqda. Bu voqelik ushbu sohadagi asosiy texnologiyani – uchuvchisiz qurol tizimlarining sun’iy intellektini va ularning operatsion imkoniyatlarini jadal rivojlantirish zarurligini bildiradi”, degan Kim Chen In.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya uglerod tolalari bilan mustahkamlangan kompozit materialdan foydalangan holda qattiq yonilg‘i bilan ishlaydigan raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazgandi. O‘shanda ham Kim Chen In sinovni kuzatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing