Kim Chen In yana yangi turdagi raketani sinab ko‘rdi 

Olam

image

Shimoliy Koreya yangi Xvason-18 qit’alararo ballistik raketasini qattiq yoqilg‘ida sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Raketa sinoviga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning shaxsan o‘zi boshchilik qilgan.

Siyosatchining aytishicha, Xvason-18 ballistik raketaning yangi turi bo‘lib, u kelajak urushini to‘xtatuvchi asosiy vositaga aylanadi. Kim Chen In, Xvason-18 mamlakatning qarshi hujumga yadroviy zarba berishga tayyorligini oshirishini va strategik to‘xtatuvchi kuchlar tarkibini tubdan qayta qurish imkonini berishini aytgan.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya yetakchisi Pxenyan halokatli va tajovuzkor qarshi choralar ko‘rishiga va’da bergan.

Biroq Xvason-18qattiq yoqilg‘ili qit’alararo ballistik raketasining parvoz masofasi va maksimal balandligi kabi batafsil ma’lumotlar oshkor etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya raketa Xvason

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing