Kim Chen In Si Szinpinni koronavirus ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

Olam

image
Koronavirusga oid muhim kashfiyotga yaqin turgan xitoylik olim otib ketildi north_east

Koronavirusga oid muhim kashfiyotga yaqin turgan xitoylik olim otib ketildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoy raisi Si Szinpinni koronavirus kasalligi ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya rahbari XXRning muvaffaqiyatlaridan o‘zi ham mamnun ekanini aytdi. Shuningdek, KXDR rahbari Si Szinpinning epidemiologik vaziyatni taktik va strategik jihatdan nazorat qilganini maqtadi.

Shu bilan birga, Kim Chen In xitoylik hamkasbiga sihat-salomatlik tilab, mamlakat koronavirusga qarshi kurashdagi yutuqlarga “Si Szinpinning dono rahbarligi ostida“ erishilganini e’tirof etdi.

Tabrik Xitoy rahbariga qanday va qachon yetkazilgani haqida Shimoliy Koreya agentligi aniqlik kiritmadi.

Xitoyning sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, Xitoyda oxirgi kun davomida koronavirus infeksiyasining bitta holati qayd etilgan. Ammo bironta ham koronavirusdan o‘lim holati aniqlanmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq 82 886 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 77 993 nafari sog‘aygan, 4 633 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 260 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Xitoy KXDR Koronavirus Xitoyda Si Tszin'pin'

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing