Kim Chen In Putinni intizorlik bilan kutmoqda
Olam
−
16 yanvar
8744Shimoliy Koreya 2024 yilda Rossiya tomoni bilan aloqalarni yuqori darajada faollashtirishni kutmoqda, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning o‘zi uchun qulay vaqtda KXDRga tashrif buyurishini kutmoqda. Bu haqda Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Soy Son Xi bugun, 16 yanvar kuni Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralarda aytib o‘tdi.
“Biz bu yil turli darajadagi almashuvlarni faollashtirish, shuningdek, yuqori darajadagi delegatsiyalar almashinuvi, turli siyosiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish juda muhim deb hisoblaymiz”, degan Shimoliy Koreya vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadamlar Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Soy Son Xining bildirishicha, 2023 yil sentyabr oyida “Vostochniy” kosmodromida bo‘lib o‘tgan sammitda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va turli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib olgan.
“Keyin o‘rtoq Kim Chen In o‘rtoq Putinni o‘zi uchun qulay vaqtda mamlakatimizga tashrif buyurishini taklif qildi”, deb eslaydi Soy Son Xi.
Avvalroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Kim Chen Inning KXDRga tashrif buyurish taklifidan albatta foydalanishini aytgan edi. Uning aniqlik kiritishicha, Rossiya davlat rahbarining tashrifi yaqin kelajakda bo‘lib o‘tishi mumkin, vaqt diplomatik kanallar orqali qo‘shimcha ravishda kelishib olinadi.
LiveBarchasi