Kim Chen In Pxenyanda Shoygu bilan uchrashdi
Olam
−
22 mart
3881KXDR yetakchisi Kim Chen In kecha, 21 mart kuni Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu bilan uchrashdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
“Hurmatli o‘rtoq Kim Chen In olti oydan so‘ng Pxenyanda o‘rtoq Sergey Shoygu bilan yana uchrashganidan xursand bo‘ldi, suhbat ishonchli va iliq muhitda o‘tdi. O‘rtoq Shoygu o‘rtoq Kim Chen Inga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning muhim shaxsiy xabari va salomini hurmat bilan yetkazdi. O‘rtoq Kim Chen In chuqur minnatdorlik bildirdi va hurmatli o‘rtoq Vladimir Putinga harbiy salomlarni yetkazdi”, deyiladi agentlik xabarida.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu bilan uchrashuvda Rossiya xalqiga “g‘alabalar, farovonlik va baxt” tiladi.
“U rus xalqiga o‘z yo‘lida doimo faqat g‘alaba, farovonlik, baxt va omad tilab, Rossiya Federatsiyasining muhtaram prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinga, Rossiya hukumati, armiyasi va xalqiga samimiy tilaklarimni yetkazishni so‘radi”, deb xabar beradi agentlik.
Shu bilan birga, Kim Chen In Ukrainadagi bosqinni “Rossiya xalqining bukilmas kuchining namoyoni” deb atadi.
Uchrashuvda tomonlar, shuningdek, ikki mamlakat rasmiylarining “Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma moddalarini so‘zsiz amalga oshirish”ga tayyorligini ham muhokama qildi.
Kim Chen In va Shoygu “barcha sohalar, jumladan, xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik va almashinuvlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli loyihalar”ni muhokama qildi.
“Joriy yil ikki tomonlama keng ko‘lamli tadbirlar va aloqalarni o‘tkazish, jumladan, may oyida Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligi va avgust oyida Koreya ozodligining 80 yilligini nishonlash nuqtai nazaridan kam bo‘lmagan voqealarga boy bo‘lishini va’da qilmoqda. Ishonchim komilki, biz bu tadbirlarni munosib nishonlaymiz”, deb ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi.
LiveBarchasi