Kim Chen In birinchi marta qizini ommaga ko‘rsatdi (foto)
Olam
−
19 noyabr 2022
19708Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘z qizini birinchi marta omma oldiga olib chiqdi. Bu haqda Yonhap News xabar berdi.
Qayd etilishicha, u qizi va rafiqasi bilan birgalikda “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgan.
Jarayon aks etgan to‘rtta suratda Kim Chen In maktab yoshidagi qizining qo‘lidan ushlab, harbiy texnikani aylanib yurganini ko‘rish mumkin.
Bunga qadar amerikalik basketbolchi Dennis Rodman Kim Chen Inning Chju E ismli “kichik qizi” borligini aytgan edi. U 2013 yilda Shimoliy Koreyaga kelganida Chju E bilan salomlashgani va Ri xonim bilan gaplashganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 noyabr kuni Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi KXDR Yapon dengizi va Sariq dengiz bilan hamkorlikda kamida 10 ta raketa uchirgan. Bu jarayonda Kim Chen Inning o‘zi ham bevosita ishtirok etgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi