Kim Chen In amaldorlarni aholi sharoitlarini yaxshilashga chaqirdi 

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi hukumati fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilashni ustuvor vazifalaridan biriga aylantirishi kerak. Bu haqda mamlakat rahbari Kim Chen In hukmron Koreya Mehnat partiyasi tashkil etilganining 76 yilligi munosabati bilan qilgan chiqishida gapirgan.  

Kim Chen Inga ko‘ra, partiya amaldorlari o‘zlarining xatti-harakatlari odamlarning manfaatlarini buzmasligi va ularga noqulaylik tug‘dirmasligini har doim inobatga olishi kerak. 

“Partiya yanvar oyida bo‘lib o‘tgan partiya qurultoyida belgilangan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning besh yillik rejasini samarali targ‘ib etishga qat’iy qaror qildi”, degan davlat rahbari. 

U o‘z nutqida so‘nggi o‘n yil ichida partiya qurilishining asosiy bosqichlari haqida ham gapirgan. Kim Chen In KXDRning Janubiy Koreya va AQSH bilan munosabatlari haqida so‘z ochmagan. 

Qayd etilishicha, Kim Chen In 2011 yil oxirida hokimiyat tepasiga kelganidan beri birinchi marta Koreya Mehnat partiyasi tashkil topgan kun munosabati bilan ma’ruza qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 10 oktyabr kuni mamlakatda hukmron partiya tashkil etilganiga 76 yil to‘lgani harbiy parad va boshqa kuch namoyishisiz nishonlangan. Gazetalarda partiya va Kim Chen Inning mamlakat hamda xalq oldidagi xizmatlariga bag‘ishlangan bir qancha maqolalar chop etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Janubiy Koreya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasida aloqa kanallari tiklangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In KXDR

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing