Kim Chen In AQSHni Shimoliy Koreyaning asosiy dushmani deb atadi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar KXDRning asosiy dushmani; davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar Vashington dushmanlik siyosatidan voz kechgan taqdirdagina o‘zgarishi mumkin. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Koreya Mehnat partiyasining VIII s’ezdida aytib o‘tdi.

“Bizning kelajakdagi tashqi siyosiy faoliyatimiz inqilobiy rivojlanishimiz yo‘lidagi asosiy to‘siq hamda eng katta dushman bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarni bostirish va bo‘ysundirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak”, deydi u.

Siyosatchining ta’kidlashicha, davlatlar o‘rtasida yangi aloqalarni o‘rnatish uchun Vashington Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlik siyosatini o‘zgartirishi kerak. KXDR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSHning bu ma’nodagi siyosati so‘nggi yillarda Pxenyanning mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga urinishlariga qaramay, yanada yomonlashgan.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Li Son Gvon 2020 yil yozida KXDR va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar “umidsizlik nuqtasiga” yetganini aytgandi. Uning fikriga ko‘ra, KXDR Vashingtondagi yadroviy zarba berish maqsadlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp dekabr oyi oxirida Kim Chen In bilan aloqalarni o‘rnatgani tufayli KXDR bilan yadro urushidan qochishga muvaffaq bo‘lganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va KXDR Prezidenti Kim Chen In 2019 yilning fevralida uchrashgan edi. O‘shanda uchrashuvi keskin tus olgan, tushlik bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KXDR

Baholaganlar

229

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing