Kim Chen In harbiylarni urushga to‘liq tayyor turishga chaqirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kecha, 18 noyabr kuni harbiylarga murojaati chog‘ida urushga tayyorgarlik ko‘rish zarurligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

"Kim Chen In turli darajadagi Qurolli kuchlarimizga inqilob talablari va mavjud vaziyatdan kelib chiqib, urushga tayyorgarlikni yaxshilash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risida jangovar shiorni ilgari surdi", deyiladi xabarda.

Bu, xususan, Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, "Koreya yarimorolida tarixdagi eng keskin vaziyatni yaratgan" AQSH va Janubiy Koreya tahdidi bilan bog‘liq. Shimoliy Koreya yetakchisining aytishicha, AQSH va G‘arb dunyoning boshqa mintaqalarida keskinlikni kuchaytirmoqda. Xususan, ular Ukrainadan “zarba beruvchi kuch” sifatida foydalanib, “Rossiyaga qarshi urush” olib bormoqda.

“Pxenyan mojaroga urushning amaliy tajribasini oshirish va butun dunyo bo‘ylab harbiy aralashuv ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan urush sifatida qarashi kerak”, deydi u.

AQSH rasmiylari avvalroq Rossiya sharqiga 10 mingdan ortiq Shimoliy Koreya askari yetib kelgani, ularning aksariyati Kursk viloyatiga ko‘chirilgani haqida xabar bergan edi. Moskva va Pxenyan qo‘shinlar yuborilgani haqidagi ma’lumotlarni rasman tasdiqlamadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiyaning Kursk viloyatidagi operatsiyada qatnashayotgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini himoya qilish uchun o‘z ixtiyoridagi ATACMS uzoq masofali raketalaridan foydalanishga ruxsat bergani xabar qilingandi. “AQSH siyosatidagi katta o‘zgarish” deb atagan ATACMS'dan foydalanishga ruxsat berish qarori Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Kursk viloyatiga joylashtirilishiga javoban qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In harbiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing