Kim Chen In harbiylarga yadroviy tahdidga tayyor turishni buyurdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat harbiy qo‘mondonligini respublika Qurolli Kuchlari va mudofaa qobiliyatining ustunligini, jumladan, potensial dushmanning yadroviy tahdidiga qarshi kurashishga tayyorligini saqlab qolishga chaqirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar bergan.

“Dushman kuchlarning barcha xavfli qadamlari va urinishlarini, shu jumladan, nafaqat uzoq davom etayotgan, balki kuchayib borayotgan yadroviy tahdidni zarurat bo‘lganda, oldini olish va to‘liq bostirish hamda to‘xtatish uchun inqilobiy qurolli kuchlarimizning ustunligini saqlab qolish va mustahkamlash zarur”, degan Kim Chen In. 

Kim Chen Inning qo‘shimcha qilishicha, “turli kuchlar bir-biriga qarshi qattiq kurashayotgan dunyoda kim kuchliroq, ulkan harbiy kuch va ta’sirchan hujum salohiyatiga ega bo‘lib, o‘z manfaatlarini himoya qila olsa”, o‘sha davlat va xalq xavfsizligini kafolatlay oladi. KXDR yetakchisi, shuningdek, “mamlakat qurolli kuchlarini rivojlantirishda yangi sahifa ochish”ga chaqirgan. 

Avvalroq, Kim Chen In KXDR yadro arsenalini yanada kengaytirish va rivojlantirish choralarini ko‘rishini aytgandi


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In KXDR

Baholaganlar

337

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing