Kichik mundialga tayyormiz – Ravshan Haydarov

Sport

image

Bugun, 20 may kuni Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari start oladi. Musobaqaning ochilish o‘yinida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi mezbon – Argentinaga qarshi to‘p tepadi.

O‘zbekiston U-20 bosh murabbiyi Ravshan Haydarov JCHning dastlabki o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kim o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘shalarni tarkibga kiritdik. Ular bilan o‘tgan yili ham o‘ynaganmiz. Raqibning so‘nggi o‘yinlarini tahlil qildik, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik. Shunga yarasha tayyorgarlik olib boryapmiz. Kuchli raqib, ammo nom yuzasidan hech qanday bosim yo‘q”, deydi Ravshan Haydarov

O‘zbekiston murabbiyi jamoaning chempionatdagi asosiy maqsadini ham ma’lum qildi.

“Avval ham jahon chempionatlarida ishtirok etganmiz. Shu sababli oldimizga oliy maqsadni qo‘yganmiz. Qolaversa, avvalgi natijalarimizni (eng yaxshisi — chorakfinal) yaxshilashni ham maqsad qilganmiz. Bolalarning ishtiyoqi baland, ularda o‘zlariga nisbatan ishonch bor. O‘ylaymanki, kichik mundialga tayyormiz”, deya qo‘shimcha qildi Haydarov.

Argentina-O‘zbekiston o‘yini 21 mayga o‘tar kechasi soat 02:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Ravshan Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing