Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov
Sport
−
25 iyul
7191O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”, deydi Shomurodov.
Qayd etish joiz, Eldor Shomurodov Ispaniyaga qarshi bahsda penaltidan to‘p kiritib, O‘zbekistonning Olimpiadadagi birinchi goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi keyingi o‘yinlarini Misr va Dominikan jamoalariga qarshi o‘tkazadi. 27 iyul kuni Kapadze shogirdlari Misr bilan kuch sinashsa, 30 iyulda Dominikan bilan bahs olib boradi.
LiveBarchasi