Kichik halka yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi – Toshkent hokimligi

Jamiyat

image

Ertaga, 20 noyabrdan boshlab Toshkentning Kichik halka yo‘li ko‘chasining bir qismi ikki kun davomida transportlar harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi ma’lum qildi.

Yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 20 noyabr kuni soat 9:00 dan 22 noyabr soat 22:00 ga qadar Kichik halka yo‘li ko‘chasining Qatortol ko‘chasi bilan kesishmasidan Farhod ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘i qisman yopiladi.

Hokimlik haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etib, yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing