Kia Carens – O‘zbekiston uchun shahar krossoverining yangi versiyasi
Biznes
−
16:00 2974 4 daqiqa
2026 yil 10 yanvar kuni Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM kompaniyalar guruhi mamlakat avtomobil bozorida Carens’ning yangi versiyasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Mazkur yangi avtomobil har bir a’zosi dinamika, qulaylik va xavfsizlik qadrlaydigan katta oila uchun eng maqbul yechimga aylanishi kerak.
Yangilangan versiyadagi Kia Carens “Qarama-qarshiliklar birligi” brendi falsafasidan ta’sirlangan. Mazkur yondashuv Kia kompaniyasining zamonaviy mijoz ehtiyojlariga javoban innovatsiyalar, xavfsizlik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan mobillikni qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan ilg‘or qarashlarini aks ettiradi.
Yangi Kia Carens avvalgi avlodga nisbatan sezilarli darajada oldinga siljish bo‘lib, tashqi ko‘rinish, interer va jihozlanishda keng ko‘lamli takomillashtirishlarni taklif etadi.
Tashqi tomondan, model dadil yangi dizayn yo‘nalishiga ega bo‘ldi – kuzovning old va orqa qismlari butunlay qayta ko‘rib chiqildi, bu esa avtomobilga yanada ishonchli, yo‘ltanlamas uslubdagi joylashuvni ta’minlaydi. Yangilangan kapot, radiatorning ifodali panjarasi, “Yulduzlar xaritasi” konsepsiyasidagi vertikal LED optikasi va “Muz bo‘laklari” konsepsiyasidagi LED MFR faralari old tomondan ifodali ko‘rinishni hosil qiladi. Yangi bamper dizayni mustahkam himoya qoplamasi bilan ajralib turadi.
Orqa tomondan zamonaviy dinamik ko‘rinishni “Yulduzlar xaritasi” konsepsiyasidagi bejirim chiroqlar yaratadi – flagman modellari kabi kuzovning butun kengligini qamrab oluvchi LED tasmasi. Yukxonaning keng eshigi frontal ko‘rinish bilan uslub birligini saqlab qolgan holda mustahkam qoplama bilan ajralib turadi.

Yangi 17 dyuymli kristall shaklidagi yengil qotishmali disklar va tomdagi yangilangan reylinglar modelga elektromobillardan ilhomlangan Kia dizayn kodini aks ettiruvchi tugal ko‘rinish beradi.
O‘z segmentida ulkan g‘ildirak bazasiga ega bo‘lgan yangi Kia Carens yo‘lovchilarga ajoyib kenglik va qulaylikni taqdim etadi.
Avtomobilning ichki qismi to‘liq qayta ishlangan – unda qulaylik va mehmondo‘stlik hissini yaratuvchi ixcham, nafis dizayn ustunlik qilmoqda. Old panelning yangi estetik shakli salonga futuristik, texnologik xarakter beradi, eshik tutqichlarini o‘z ichiga olgan yangilangan interer elementlari esa zamonaviylik va nafosatning umumiy taassurotini kuchaytiradi.
Qurilma paneli metall o‘rnatmalar bilan bezatilgan. Old panel, old va orqa eshiklardagi ko‘p rangli atmosfera yoritgichlari 64 xil turdagi ranglardan birini tanlash imkonini beradi. Universal va intuitiv multimedia va iqlim nazorati boshqaruv paneli konsolning markaziy qismida qulay tarzda joylashgan.

Yangi panoramali displey e’tiborni o‘ziga tortadi. U 12,3 dyuymli qurilmalar paneli va 12,3 dyuymli axborot-ko‘ngilochar tizim ekranini birlashtirib, yanada kuchli immersiv effekt hosil qiladi. Multimedia tizimi interfeysi to‘liq o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Elektr yuritmali lyuk sizga ochiqlik, erkinlik va hashamat tuyg‘usini taqdim etadi, birinchi qatordagi ventilyatsiyali o‘rindiqlar esa eng issiq havoda ham qulay harakatlanish imkonini beradi.

Kuch agregatlarining puxta o‘ylangan turkumi quyidagilarni tanlashni taklif qiladi: yosh va faol foydalanuvchilar uchun – 7 pog‘onali DCT bilan uyg‘unlikda minutiga 5500 aylanish tezligigi bo‘lgan 160 ot kuchiga ega 1,5 Turbo-GDI dinamik dvigateli, amaliy foydalanuvchilar uchun esa – CVT variatori bilan uyg‘unlikda minutiga 6300 aylanish tezligi bo‘lgan 115 ot kuchiga ega 1,5 MPI ishonchli dvigateli. Drive Mode Select harakatlanish rejimini tanlash tizimi avtomobilni o‘zingiz yoqtirgan harakat uslubiga sozlashga yordam beradi.
Model, shuningdek, qulaylik va xavfsizlik uchun kengaytirilgan texnologiyalar va funksiyalar to‘plamini qo‘lga kiritdi. Haydovchiga yordam berishning ilg‘or tizimi (ADAS) Stop&Go funksiyasiga ega intellektual kruiz nazorati (SCC), to‘g‘ri yo‘lda oldindan to‘qnashuvni oldini olish tizimi (FCA), harakatlanish yo‘l qismidan chiqib ketishni oldini olish tizimi (LKA), doira bo‘ylab ko‘rish tizimi (SVM) va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Avtomobil oltita xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan: oldingi qo‘sh yostiqlar, old yon yostiqlar, shuningdek, xavfsizlik pardalari.
Elektr tarzda sozlanishga ega haydovchi o‘rindig‘i, elektr to‘xtab turish tormozi (EPB), barqarorlashtirish (ESC) va shinalardagi bosimni nazorat qilish (TPMS) tizimlari, tog‘dan pastga tushish (DBC) va toqqa ko‘tarilishda (HAC) yordamchilari, old va orqa avtoturargohga joylashtirish datchiklari, barcha g‘ildiraklardagi diskli tormozlar va boshqalar – bularning barchasi kundalik safarlarda shinamlik, qulaylik va xavfsizlik darajasini oshirishga yordam beradi.
O‘zbekistonda Kia Carens 8 xil rangdagi kuzovda, jumladan, yangi bo‘lgan fil suyagi rangida (Ivory Silver Gloss) taqdim etiladi. Interer kombinatsiyalangan: markaziy qismda qora bezak hamda yuqori va pastki qismlarda och rangli o‘rnatmalar bilan birgalikda. O‘rindiqlar sun’iy charm bilan qoplangan. Barcha materiallar iste’molchi tajribasini hisobga olgan holda va yuqori did bilan tanlangan.
Yangilangan Kia Carens uzoq muddatli – 5 yil yoki 150 000 km yo‘l bosish kafolatiga ega (qaysi biri avval yuzaga kelishiga qarab).
Yangi Kia Carens zamonaviy oilalar uchun mavjud bo‘lib, premium toifadagi boshqaruv tajribasini taklif qilmoqda hamda hozirda to‘rtta komplektatsiyada taqdim etilgan:
- Comfort – 339 900 000 so‘m;
- Luxe – 369 900 000 so‘m;
- Premium CVT – 429 900 000 so‘m;
- Premium 7DCT – 449 900 000 so‘m.
Kia Carens’ning O‘zbekiston bozoridagi komplektatsiyalari va narxlari haqida batafsil ma’lumotlarni kia.uz saytidan yoki brendning rasmiy dilerlik markazlaridan olishingiz mumkin.
Telefon: +998555008333
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi