XVJga yangi rais saylandi

Olam

image

Kecha, 25 sentyabr kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Ijro kengashi Kristalina Georgiyevani tashkilot direktori va Idro kengashi raisi etib sayladi. Georgiyeva joriy yilning 1 oktyabridan boshlab besh yil davomida XVJga rahbarlik qiladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Georgiyeva Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbarligiga rivojlanayotgan davlatlardan saylangan ilk vakil sifatida tarixda qoldi.

XVJ sobiq raisi Kristin Lagard Yevropa markaziy banki raisligiga nomzod bo‘lgani uchun lavozimini tark etgandi. O‘tish davrida jamg‘armani Lagardning birinchi o‘rinbosari Devid Lipton boshqardi.

Ma’lumot o‘rnida, Kristalina Georgiyeva 1953 yilda Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida tug‘ilgan. 1976 yilda Milliy va xalqaro xo‘jalik universitetini tamomlagan. Doktorlik dissertatsiyasini AQSHda yoqlagan. 1993 yilda Jahon bankida ish boshlagan. 2004-2007 yillarda JBning Rossiya masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari bo‘lgan. 2010 yildan Yevropa komissiyasida ham faoliyat olib borgan. 2017 yil yanvardan beri Jahon banki bosh direktori lavozimida ishlab keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro valyuta jamg'armasi Kristalina Georgieva

Baholaganlar

4

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing