Xo‘jaylida bir oilaning 4 a’zosi va 2 mehmon is gazidan halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 9 dekabr kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi va ularnikiga mehmonga kelgan ikki kishi is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

Qoraqalpog‘iston prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, “Samanko‘l” OFYda yashovchi G.Yu., A.R. ularning bolalari 2009 yilda tug‘ilgan X.E. va 2013 yilda tug‘ilgan X.A., shuningdek, o‘sha uyga mehmonga kelgan K.A. va X.A. isitish uchun o‘rnatilgan pechdan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Xo‘jayli tuman prokuraturasi tarafidan tergov va surishtiruv harakatlari olib borilyapti.

Tergov harakati ustidan Qoraqalpog‘iston prokuraturasi nazorati o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing