Xo‘jayli qirg‘inini unutolmaymiz – Erdo‘g‘an 103 yil avvalgi xunrezlikni esladi
Olam
−
31 mart 2021
16404Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy sammiti o‘tkazilyapti.
Sammitda birinchilardan bo‘lib Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nutq so‘zladi. U nutqi davomida Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘dagi muhim g‘alabasiga to‘xtalib, Prezident Ilhom Aliyevni yana bir bor tabrikladi.
“Hurmatli Ilhom Aliyevni va u orqali butun Ozarbayjon xalqini Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alaba bilan yana bir bor tabriklayman. 44 kun davom etgan qurolli to‘qnashuvlar natijasida 30 yillik bosqinchilik yakuniga yetdi. Oson emas. Shuni ta’kidlash kerakki, Tog‘li Qorabog‘dagi 67 ta masjidning 63 tasi vayron bo‘libdi, cherkovlar ham yo‘q qilinibdi”, degan Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisi Tog‘li Qorabog‘ haqida gapirarkan, 1918 yil mart oyida sodir bo‘lgan Xo‘jayli genotsidiga ham to‘xtalib o‘tdi. U yuz bergan unutib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 1918 yil mart oyida Bakuda etnik asosda mojaro kelib chiqqan va ko‘plab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan. Fojiada asosiy rolni armanlarning “Dashnakutsyun” partiyasining qurolli bo‘linmalari o‘ynagan. Qirg‘inda 12 mingga yaqin odam o‘ldirilgan.