Xo‘jayinlari ortidan Lavrov va Rubio ham gaplashib oldi

Olam

image

Bugun, 20 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov telefon orqali suhbatlashib, Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi prezidentlik muzokaralarini muhokama qildilar. Bu haqda AQSH va Rossiyaning tashqi siyosat idoralari xabar berdi.

AQSH Davlat departamentining ma’lum qilishicha, Rubio va Lavrov Tramp va Putin suhbatidan “keyingi qadamlar”ni muhokama qilgan.

“Davlat kotibi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlarni Moskva va Vashington uchun Prezident Trampning taklifi asosida Rossiya-Ukraina mojarosiga uzoq muddatli yechim topishda hamkorlik qilish imkoniyati sifatida ta’kidladi”, deyilgan bayonotda.

Rossiya TIV esa suhbatni davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan “tushunuvlarni amalga oshirish uchun mumkin bo‘lgan aniq qadamlarni konstruktiv muhokama qilish” deb atadi.

Putin va Tramp 16 oktyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQSHga tashrifidan bir kun oldin ikki soat davom etgan telefon suhbat o‘tkazgan. Suhbat yakunlangach, Tramp Rossiya Prezidenti bilan Budapeshtda uchrashishga kelishilganini ma’lum qildi.

Muzokaralar ortidan Tramp Donetsk viloyatiga oid bo‘lgan mojaro haqida quyidagicha fikr bildirdi:

“Donetsk viloyati urushni tugatish uchun “bo‘linishi” kerak, buning katta qismi Rossiya nazoratida qoladi. Hozir ham u deyarli shunday. Menimcha, hududning 78% qismi allaqachon Rossiya tomonidan egallangan”, dedi u jurnalistlarga.

Tramp, shuningdek, janglar to‘xtatilishi zarurligini ta’kidladi:

“Keyinroq ular o‘zaro nimadir bo‘yicha kelishishlari mumkin. Lekin hozir har ikki tomon front chizig‘ida to‘xtashi kerak – uylariga qaytsin, harbiy harakatlarni to‘xtatsin, odam o‘ldirishni bas qilsin”.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh TIV Rossiya Sergey Lavrov Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing