Xo‘jayev Afg‘onistonga borishi kutilmoqda
Jamiyat
−
02 avgust 2023
9144O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya yaqin kunlarda Afg‘onistonga borishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Afg‘oniston Milliy televideniyesiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Elchining aytishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga borgach, Qobulda O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlari va tadbirkorlari ishtirokida biznes forumda qatnashishi kutilmoqda.
Shuningdek, Yodgorxo‘ja Shodmonov o‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 650 milliondan ko‘p bo‘lgani, 2023 yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatgich 400 mln dollarni tashkil etib, yil oxirigacha 758 mln dollarga yetishi kutilayotganini qayd etgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston elchisi Hirotdagi Alisher Navoiy maqbarasi, Qobuldagi Zahiriddin Muhammad Boburning maqbarasi va Taxordagi Boborahim Mashrabning qabrlarini restavratsiya qilish bo‘yicha kelishib olinganini bildirgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar