Xususiy tibbiyot muassasalarida kimlarga bepul xizmat ko‘rsatiladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida xususiy klinikalarning o‘rni tobora ortib boryapti. Bu mamlakatga koronavirus kirib kelgach, yaqqol namoyon bo‘ldi. Ammo ko‘p hollarda odamlar "darrov pul so‘raydi" deb, xususiy klinikaning ostonasiga borishga ham hayiqadi.

Ammo qonunchilikda xususiy klinikalardan foydalanish tartiblari ham belgilangan bo‘lib, ayrim toifalarga bunda imtiyozlar berilgan. Odamlar esa bundan bexabar, "och qornim tinch qulog‘im" deydigan xususiy klinikalar ham damini chiqarmay yuraveradi.

QALAMPIR.UZ qonunchilikka ko‘ra, kimlar xususiy klinikalar xizmatidan bepul foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumotlarni berib o‘tadi.

Xususiy tibbiyot muassalari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) tomonidan aholining quyidagi ijtimoi himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

•  Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
•  1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
•  Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxlar;
•  O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz kekslar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
•  I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
•  Muomulaga layotqatsiz va muomula layoqati cheklangan fuqarolar;
•  Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj dkb topilgan boshqa shahslar.

Mazkur bepul xizmatlar Prezidentning 2017 yil 1 apreldagi PQ-2863-son qaroriga muvofiq soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun ularning shaxsini va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi asos bo‘ladi. 

Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan o‘tgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilinishi lozim.

Klinikalar tomonidan ko‘rsatilishi rejalashtirilgan bepul tibbiy xizmatlarning yillik hajmi oyma-oy taqsimlanadi.

Ular tomonidan oyma-oy taqsimot asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar navbat bo‘yicha ko‘rsatiladi.

Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bepul tibbiy xizmat olish bo‘yicha murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytidagi maxsus elektron bazaga murojaat qilingan kundan boshlab edektron navbatga olinadi va  murojaat etuvchilarning navbatini onlayn ko‘rsatib boriladi.

Shohruh Olimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

klinika

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing