Xushxabar! Yangiyo‘lda 7 kg og‘irlikdagi chaqaloq dunyoga keldi (video)
Jamiyat
−
01 mart
10335Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm bo‘lgan qiz bola chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan va bu uning to‘rtinchi farzandi bo‘lgan.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.
Ma’lumot uchun, bunday holat o‘tgan yilning noyabr oyida ham Nurafshonda kuzatilgan bo‘lib, sal kam 7 kilogrammlik vazndagi o‘g‘il bola chaqaloq tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida yashovchi Musurmonqul va Sohiba Abduqahhorova uch egizakning ota-onasiga aylangan edi. Chaqaloqlarga Fotima, Yusuf, Yunus deya ism qo‘yilgan. Tug‘uruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida mahoratli shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarilgan.
LiveBarchasi