Xushxabar! Namanganda to‘rt egizak dunyoga keldi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi Hozirovlar xonadonida bir yo‘la 4 nafarli egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ularning otasi Bahodir Hozirov 31 yoshda bo‘lsa, onasi Madina Ikramova 30 yoshda. Ularning to‘yi 2016 yil 26 oktyabrda bo‘lgan.

“Onaga tug‘ruq jarayoniga qadar zamonaviy perinatal texnologiyalar bo‘yicha barcha zamonaviy yordam ko‘rsatildi. Bolalarni sog‘-salomat ona qo‘liga topshirish maqsadida tajribali shifokorlarimiz bilan tug‘ruq rejasini tuzib oldik. Tug‘ruq jarayoni uchun barcha zarur hozirlik ko‘rildi. Har bir bolaga to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatish uchun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi. Natijada murakkab  amaliyot  samarali yakuniga yetkazildi”, deydi viloyat perinatal markazi direktori Iroda Muhitdinova.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-bola 902 gramm, 2-bola 1360 gramm, 3-bola 1701 gramm, 4-bola esa 1400 grammni tashkil etgan.

Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi bo‘lib, markaz shifokorlari nazoratida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan chaqaloq egizak

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing