Xo‘roz jangidagi janjalda ikki kishi halok bo‘ldi
Olam
−
17 aprel 2023
21612AQSHning Gavayi shtati Gonolulu shahrida o‘tkazilgan noqonuniy xo‘roz jangi paytida kelib chiqqan janjalda besh kishi otib qo‘yildi, ulardan ikki nafari halok bo‘ldi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 14 aprel kuni Gonoluludagi noqonuniy xo‘roz jangi vaqtida odamlar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv vaqtida 20 yoshli erkak 5 kishini otib qo‘ygan. Ulardan 59 yoshli ayol va 39 yoshli erkak kasalxonaga olib borilganidan so‘ng vafot etgan. 38, 40 va 57 yoshlardagi uch erkak esa shifoxonaga yotqizilib, yordam ko‘rsatilgan.
Politsiyaning aytishicha, otishma sabablari hozircha ma’lum emas.
“Men bu vaziyatni tushunmayapman. Janjal butunlay boshqa narsadan kelib chiqqan bo‘lsa kerak va ular bir vaqtning o‘zida bir yerda bo‘lishgan”, deydi Gonolulu politsiya departamenti leytenanti.
Hozirda gumonlanuvchi qidirilayotgani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi