Xo‘rlangan Ronaldu yoxud hujumchi MYUning asosiy jamoasiga qaytishi uchun nima qilishi kerak?

Sport

image

Angliya chempionatining 12-turi doirasida “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda bahs yakunlanmasidan stadionni tark etgani uchun uchun Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning asosiy jamoasi mashg‘ulotlaridan chetlashtirilgandi. Ronalduning asosiy jamoaga qaytish masalasini klub bosh murabbiyi Erik ten Xag hal qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ten Xag o‘z prinsiplariga sodiq qolmoqchi. U Ronalduni MYUning rotatsion o‘yinchisi sifatida ko‘rmoqda. Portugaliyalik hujumchiga “qizil iblislar”ning asosiy o‘yinchisi sifatida qaralmaydi. Shuningdek, bundan keyin Ronalduga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaydi, u keyingi o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushirilishi mumkin.

Agar Ronaldu ushbu shartlarga rozi bo‘lsa, yana bosh jamoa tarkibiga qaytadi. 37 yoshli hujumchi joriy mavsumda MYUning 12 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Avvalroq, Ronalduga MLS klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing