XUMSH uchun gaz arzonlashishi mumkin
Jamiyat
−
22 mart 2019
7580Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga (XUMSH) 1 kub metr uchun belgilangan tarifni 600 so‘mdan 320 so‘mgacha pasaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqda "Norma" xabar berdi.
Mahalliy qozonxonalar uchun foydalaniladigan gaz narxi oshirilganligi sababli so‘nggi paytda aholi va XUMSH dan idoraga shikoyatlar kelib tushmoqda.
Qo‘mita vaziyatni o‘rganib, isitish maqsadida mahalliy qozonxonalarda tabiiy gazdan foydalangan XUMSH ulgurji iste’molchilarga tenglashtirilib, 1 kub metr uchun 600 so‘mlik tarif bo‘yicha haq to‘lashini aniqladi. Ayni paytda aholi kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan tabiiy gaz qiymati 1 kub metr uchun 320 so‘mni tashkil etadi.
Narxlardagi notenglikni bartaraf etish maqsadida Qo‘mita Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. U qabul qilingan taqdirda mahalliy qozonxonalarga ega bo‘lgan barcha XUMSH gaz haqini aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha: 1 kub metr uchun 320 so‘mdan to‘laydi.
LiveBarchasi