XTVdan “yog‘li” vakolat olib qo‘yildi
Jamiyat
−
28 yanvar 2022
53579Kelgusi besh yilda 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratilishi lozim. Ushbu maqsadlar uchun joriy yilning o‘zida 527 ta maktabni qurish va rekonstruksiya qilishga 2,5 trillion so‘m ajratildi. Bu mablag‘ yanada ko‘paytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
"Bir narsani aniq tushunish kerak. Yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan maktablar ham o‘quvchilar, ham pedagoglar uchun qulay va moslashuvchan bo‘lishi kerak. Yangi qurilayotgan maktablarda quyosh paneli va issiq suv kollektori, albatta, bo‘lishi shart.
Bu ishlar bilan endi joylarda viloyat, shahar va tuman hokimlari shug‘ullanadi”, deydi Prezident.
Qayd etilishicha, bugundan e’tiboran Xalq ta’limi vazirligining qurilishga buyurtmachi bo‘lish vakolati tugatiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilar va viloyat hokimlariga bir oy muddatda yangi talablardan kelib chiqib, “namunaviy maktab” loyihalarini taqdimot qilish topshirildi.
"Endi yangi maktablar mahalla faollari, ota-onalar va jamoatchilik nazorati ostida quriladi va foydalanishga qabul qilinadi", deydi davlat rahbari.
LiveBarchasi