XTV: “Maktab formasini xarid qilish uchun hali erta”
Jamiyat
−
14 avgust 2020
12247Ayni kunlarda karantin cheklovlari yumshatilgani sabab aksariyat ota-onalar yangi o‘quv yili uchun o‘quv qurollari hamda maktab formasini xarid qilish harakatiga tushib qoldi. Xalq ta’limi vazirligi maktab formasi va o‘quv qurollarini xarid qilish uchun hali vaqt borligini aytdi va bozorlarga chiqishdan fuqarolarni qaytardi.
“Ota-onalarimizdan, bozor va do‘konlar ochilgani bilan, sanitariya qoidalari va ijtimoiy masofa saqlashlari, ayniqsa, farzandlari sog‘ligiga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. Hozir hamma baravar bozorga borsa ijtimoiy masofa saqlash qiyin bo‘ladi, shuning uchun juda shoshilish, barcha xaridlarni maktabgacha amalga oshirish shart emas. O‘quv qurollari va kiyim-kechaklarni maktab boshlanganidan keyin ham olib berish mumkin”, deyiladi vazirlikning xabarida.
Hozirda o‘quv yilini boshlash yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga taklif kiritish bo‘yicha topshiriq berilgan. Davlat umumta’lim maktablari bo‘yicha O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Avvalroq, Xalq ta’limi vazirligi o‘z vakolatidan kelib chiqib, o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariyni taklif qilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi