Xotinini kaltaklagan qozog‘istonlik diplomat ishdan olindi
Olam
−
14 may
4318Qozog‘istonlik diplomat Saken Mamash oiladagi zo‘ravonlik mojarosidan keyin o‘z lavozimidan chetlatildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.
“Hodisa sodir bo‘lgan paytdan boshlab Tashqi ishlar vazirligi bu ishni alohida nazoratga oldi. 6 may kuni u Qozog‘istonga uchib ketgan va 9 may kuni chegarani kesib o‘tib, amaldagi qonunchilikka muvofiq, u egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Huquq-tartibot idoralari allaqachon unga nisbatan ish ochgan. Bu ishning tafsilotlari bizga ma’lum emas va biz u yerga aralashishga haqqimiz yo‘q. Men shaxsan Karina bilan uchrashib, suhbatlashdim. Biz unga maksimal darajada yordam beramiz”, deydi Smadiyarov.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi Saken Mamash o‘z xotinini muntazam kaltaklab kelgani va hatto 5 may kuni rafiqasining singlisiga nisbatan ham kuch ishlatgani ma’lum bo‘lgandi.
Keyinchalik ayol Dubaydan vataniga qaytarildi.
LiveBarchasi