“Xotiningiz sizni uradimi?”. Makron Fransiyada memga aylandi

Olam

image

Fransiyadagi sport zalida o‘zini himoya qilish kursiga bag‘ishlangan e’londa xotinidan shapaloq yegan Prezident Emmanuel Makron ustidan hazil qilindi. Buni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda ko‘rish mumkin.

Reklama plakatida Makronning peshonasida ko‘kargan joy aks etgan, u bir ko‘zini qo‘li bilan bekitgan.

“Xotiningiz sizni uradimi? O‘zini himoya qilish kurslariga yoziling! Qo‘shimcha ma’lumot uchun ma’muriyatga murojaat qiling”, deyiladi plakatdagi yozuvda.

Ushbu surat sport zalining ichida olingani taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Makron bilan bog‘liq holatni turli ko‘rinishda memga aylantirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hazillar 25 may kuni yuz bergan voqeaga ishora qiladi. O‘sha kuni Prezident Emmanuel Makron rafiqasi Brijit bilan Vetnamga tashrif buyurgandi. Samolyotdan tushayotgan paytda jurnalistlar Makronning yuziga urilgan lahzani tasvirga olgan – kadrda Brijit to‘liq ko‘rinmasa-da, aynan uning qo‘llari Prezidentning iyagini kuchli turtgani aks etgan. Ushbu holatga tayyor bo‘lmagan Makron qattiq hayratga tushib, bir necha soniya og‘zi ochiq holda qotib qolgan.

Avvaliga Yelisey saroyi Brijit Makron va Emmanuel Makronning harakatlari hech qanday kuchli janjalni yoki o‘zaro kelishmovchilikni anglatmasligini va bu oddiy hazil ekanini  ma’lum qildi. Biroq Prezidentning yaqin do‘stlaridan biri bu voqeani “er-xotinning kichik janjali” deb atadi. O‘z navbatida, Makron bu taxminni rad etib, ular hazillashganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Emmanuel' Makron Brijit Makron mem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing