Xotiniga pampers yedirgan erkak ustidan sud majlisi davom etmoqda

3-sahifa

image

Samarkandda xotiniga majburlab pampers yedirgan erkak ishi buyicha boshlangan sud bugun o‘z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda “Zamon” axborot-tahliliy dasturining Telegram’dagi kanalida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, sudning ikkinchi kunida jinoyat ishi buyicha guvohlar ko‘rsatma bermoqda. Hozirga qadar uch nafar guvoh ko‘rsatma bergan. Ular orasida jabrlanuvchi M.Vahobovaning kaynotasi X.Karimov ham bor.  

Sud soat 14:30ga qadar tanaffus e’lon qilgan.   

Eslatib o‘tamiz, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Z.Ahmedova raisligida ko‘rib chiqilmoqda

Ma’lumot uchun, dastlabki sud majlisi 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida ayblanuvchi Sh.Karimov rafiqasi Mustahkam Vahobovaga qasddan og‘ir jarohat yetkazganini tan olib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video haqiqiy ekanini ta’kidlagan. Lekin boshqa ayblovlarni tan olmasligini bildirgan. 

Shuningdek, sudlanuvchi, turmush o‘rtog‘i Mustahkam Vahobovadan xafa emasligi, hali ham bir-birini tushunib, kechirib, birga yashash tarafdori ekanini ta’kidlagan. Mustahkam Vahobova esa turmush o‘rtog‘i uni farzandining ko‘z o‘ngida tahqirlab, axlat to‘la taglikni yedirgani, bu kabi xo‘rliklar juda ko‘p sodir bo‘lganini aytib, turmush o‘rtog‘iga qonunda ko‘rsatilgan jazo berilishini so‘ragan.

Sh.Karimov turmush o‘rtog‘i Mustahkam Vahobovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish), 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 110 (qiynash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mustahkam Vahobova

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing