Samarqandda xotiniga pampers yedirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Jamiyat

image

Samarqandda ayolini bolasining tagligini yeyishga majburlab, uni 8 yillik turmushi davomida muttasil tahqirlab va kaltaklab kelgan Sh.K.ga sud hukmi o‘qildi. Zo‘ravon er 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi xabar qildi.
 
Avgust oyi oxirlarida ijtimoiy tarmoqlarda erkak o‘z rafiqasini do‘pposlayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Shundan keyin mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi (o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazish), 105-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan badanga qasddan jarohat yetkazish) moddalari bo‘yicha Sh.K.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi joriy yilning 23 avgust kuni poytaxt Toshkentda qo‘lga olindi. 

Sh.K o‘ziga e’lon qilingan ayblovlardan rafiqasini o‘z joniga qasd qilishga olib borish ayblovini tan olmagan. Uni turmush o‘rtog‘ini urganiga iqror bo‘lgan. 

Ushbu sud jarayoni bir necha kun davom etgan. Bugun, 1 dekabrda bo‘lib o‘tgan yakuniy sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Sh.K. tegishli moddalar bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni o‘tash 2020 yil 24 avgustdan boshlab hisoblanishi belgilangan.

Sh.K. so‘nggi so‘zida suddan uzr so‘rab, bunday ishlarni qaytib qilmasligini ma’lum qilgan. Sudda qatnashgan jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa chiqarilgan hukmdan roziligini bildirgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mustahkam Vahobova

Baholaganlar

623

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing