Xotini va o‘g‘lini yoqib yuborgan 22 yoshli erkak umrbod qamaldi
3-sahifa
−
11 may 2023
22017Jizzaxda 22 yosh erkak 2022 yilning noyabr oyida xotini va 5 yashar farzandini yoqib yuborgan edi. Unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Qayd etilishicha, mazkur ish Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismi va 134-moddasi bilan aybli deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ma’lumot uchun, buxorolik yigit Shofirkon tumanida yashovchi 29 yoshli ayol bilan tanishib, shar’iy nikoh asosida yashay boshlagan. 2017 yilda ayol farzandini dunyoga keltirgan. 2022 yilning kuzida esa u yana homilador bo‘lgan. Bu vaqtda yigit Toshkentda quruvchi bo‘lib ishlagan.
Keyinroq ayol yigitning otasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li bilan bo‘lgan munosabati haqida gapirib bergan. U, shuningdek, ularning oilasining to‘laqonli a’zosi bo‘lishni xohlayotganini aytgan. Shundan so‘ng yigit ayolni bolasi bilan Toshkentga chaqirgan. Ularga Toshkent viloyatining Zangiota tumani Olim polvon mahallasidan ijaraga uy olib bergan. Bu yerda u ayolning ortiqcha puli borligini bilib qolgan va noma’lum sabablarga ko‘ra uni xiyonatda ayblagan.
Aloqalari yomonlashganidan keyin ular Buxoroga qaytishga qaror qilgan. Yo‘lovchi taksida uyga qaytayotgan paytda oralarida yana janjal kelib chiqqach, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida dam olish uchun to‘xtagan. Shu joyda yigit ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Voqeaga guvoh bo‘lib qolgan o‘g‘lini ham sumkaning tasmasi bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan va jasadlarni yoqib yuborgan. Ayblanuvchi yaqin atrofdan itlarning xurishini eshitib qolib, voqea joyini tark etishga majbur bo‘lgan. Chala yongan jasadlar va ayollar shipagi jinoyatni oshkor qilib qo‘ygan.
LiveBarchasi