Xorijliklarga ko‘chmas mulk orqali O‘zbekistonda yashash guvohnomasi olish arzonlashdi

Jamiyat

image

Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan ko‘chmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 400 000 AQSH dollaridan 300 000 AQSH dollari ekvivalentigacha kamaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Farmonga muvofiq 2022 yil 1 maydan boshlab ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi ko‘chmas mulk ob’ektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi beriladi:

•    Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk ob’ektlarida qiymati 180 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari;

•    boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk ob’ektlarida qiymati 85 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari.

Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatdan o‘tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo‘lmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing