Xorijliklarga Xitoydan bola asrab olish taqiqlanmoqda 

Olam

image

Xitoy hukumati bolalarni xalqaro asrab olish dasturini tugatmoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ningga tayanib, “Thye Guardian” xabar berdi.

U brifingda Pekin endi Xitoydan bolalarni  asrab olishga ruxsat bermasligini aytdi. 

“Biz xitoylik bolalarni asrab olmoqchi bo‘lgan xorijiy hukumatlar va oilalarga ularning yaxshi niyatlari, ko‘rsatgan mehr-muruvvatlari uchun minnatdorlik bildiramiz", deydi Mao Ning.

U Xitoydagi AQSH diplomatlari bilan telefon orqali suhbatda Pekin istisno bandida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, “hech qanday bosqichda ishlarni ko‘rib chiqishni davom ettirmasligini” aytdi. Bundan norozi bo‘lgan AQSH elchixonasi Xitoy fuqarolik ishlari vazirligidan yozma ravishda tushuntirish talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, amerikalik oilalar Xitoydan 82 674 nafar bola asrab olgan. COVID pandemiyasi tufayli 2020 yildan boshlab davlatlararo asrab olishlar asosan to‘xtatilgan edi va Xitoyning siyosiy, demografik va iqtisodiy ahvolidagi o‘zgarishlar ushbu sohadagi ko‘pchilikni asrab olish siyosati tugatilishi yoki qattiqlashishini kutishiga olib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorijliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar