Xorijliklarga 200 ming dollar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi beriladi

Jamiyat

image

2025 yil 1 iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi. Bu kecha, 18 aprel kuni qabul qilingan “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmonida belgilangan. 

Farmonga ko‘ra, xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 200 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga 2025 yil 1 iyundan O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Shuningdek, Prezidentning 2024 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga to‘langan QQSning bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi zarurligi belgilandi.

Bundan tashqari, sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddati quyidagicha uzaytirildi:

  • I toifadagi korxonalar uchun – 2026 yil 1 yanvargacha;
  • II toifadagi korxonalar uchun – 2026 yil 1 iyulgacha.

Maqola muallifi

Teglar

fuqaroligi bo'lmagan shaxslar xorijiy davlatlar fuqarolari O'zbekistonda yashash guvohnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing