Xorijiy kinokompaniyalarga O‘zbekistondagi xarajatlari bir qismi qaytariladi
Madaniyat-san’at
−
21 Sentabr 2020
5283O‘zbekistonda film yo serial suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirgan xarajatlarining bir qismi qaytariladi. Bu haqdaq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi to‘g‘risidagi nizomda so‘z boradi.
Nizomga ko‘ra, xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirgan xarajatlarining 20 foizi (biroq 300 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda) Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qaytariladi.
Bunda, xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun “O‘zbekkino” Milliy agentligidan ruxsatnoma oladi hamda hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolanadi.
Xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun O‘zbekistondagi tijorat banklarida maxsus hisob raqami ochadi va xarajatlarni shu orqali amalga oshiradi.
Ruxsatnoma muddati yakunlangandan so‘ng filmni suratga olish ishlari yakunlangan hisoblanadi.
Xarajatlarni qaytarish uchun tegishli hujjatlar Moliya vazirligiga taqdim etiladi va vazirlik tomonidan 10 kun muddatda qaror qabul qilinadi.
Agentlik xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.
Davlat byudjetidan mablag‘ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar ro‘yxati Agentlik veb-saytiga joylashtiriladi.
LiveBarchasi