Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori ishdan olindi

Jamiyat

image

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari Murod Mirzayev lavozimidan ozod etildi. Tegishli ko‘rsatma bugun, 18 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda berildi.

Agentlikning faqat forumlar o‘tkazish bilan cheklanib qolgani, tumanlar kesimida investitsion xaritasi ham yo‘qligi tanqid qilingan.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevga esa har bir hudud va tarmoqdagi o‘tgan yilgi qoloqliklarni hisobga olgan holda yangilangan investitsiya dasturini kiritish topshirilgan.

Shuningdek, Investitsiya vazirining 3 ta o‘rinbosari xorijiy investitsiya ko‘p talab qiladigan tarmoqlarga, sog‘liqni saqlash va transport sohalariga investitsiya jalb qilish uchun mas’ul etib biriktirildi.

Yig‘ilishda kompleks rahbariyati, tarmoq va hududlar rahbarlari 38 milliard dollarlik, bunga qo‘shimcha Energetika vazirligi 15 milliard dollar investitsiya jalb qilish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.

Ma’lumot uchun, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etilgan. Murod Mirzayev 2023 yil fevral oyida agentlikka direktor etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari Dilshod Sattorov lavozimidan ozod qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Murod Mirzaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing