Xorijga sotib yuborilgan 35 o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Jamiyat

image

2021 yil oktyabridan hozirgi kunga qadar odam savdosidan jabrlangan 35 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘z vataniga qaytarilib, ularning barchasiga “Istiqlol Avlodi” nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatildi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasida QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolari majburiy mehnat va jinsiy ekspluatatsiya maqsadida xorijiy davlatlarga, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonga olib chiqib ketilgan. 

“Odam savdosi – insonni oldi-sotdining ob’ekti sifatida foydalanish va ekspluatatsiya qilish ko‘rinishidagi global jinoyat. Jinsi, yoshi va kelib chiqishidan qat’i nazar har qanday shaxs ushbu hudud va chegara bilmas jinoyat qurboniga aylanishi mumkin. Odam savdosiga qarshi dunyo miqyosida kurash olib borish USAID hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2005 yildan buyon AQSH hukumati USAID agentligi orqali O‘zbekistonda odam savdosi to‘g‘risidagi xabardorlik darajasini oshirish va undan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun 9,6 million dollardan ziyod miqdorda mablag‘ ajratdi”, deydi USAID’ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori vazifasini bajaruvchisi Luann Gronxovd. 

Odam savdosidan jabrlangan shaxslar aniqlangandan so‘ng USAID ularni vataniga xavfsiz tarzda qaytarish va jamiyatga qayta integratsiyalashishda ko‘maklashadi. Mamlakatga qaytgan migrantlarga, shu jumladan, odam savdosidan jabrlangan shaxslarga psixologik xizmatlar, huquqiy maslahatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kasbiy ta’lim olish imkoniyatlari taqdim etiladi. Reabilitatsiya xizmatlaridan tashqari, USAID odam savdosi jabrlanuvchisiga aylanib qolish xavfi ostida bo‘lgan guruhlarga kiruvchi shaxslarga ham yordam ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Odam savdosi

Baholaganlar

168

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing