Xorijda o‘qisa bo‘ladi, lekin qizlar emas
Jamiyat
−
22 iyul
10624“O‘qib olim bo‘larmiding?”, “Ayolning o‘rni oshxonada”. Bu gaplarni qizlar, ayollar deyarli har kuni eshitadi.
Qizlarni mamlakat ichidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishiga qarshi chiquvchi oilalar hamon talaygina. Ularning chet elda o‘qishiga esa fojia tarzida qaraydiganlar ham bor. Xo‘sh, xorijda ta’lim olish uchun qiz bola nomunosibmi? QALAMPIR.UZ aholi orasida shu mavzuda so‘rovnoma o‘tkazdi.
Suhbat asnosida qizlarning chet elda o‘qishiga qanday qaraysiz, degan savolga javoban respondentlarning katta qismi bunga qarshiligini, qizlar uchun xorij xavfli ekanini bildirishdi, biroq bu holatni yoqlaganlar ham talaygina.
“Bunga to‘g‘ri qaralishi kerak, deb o‘ylayman. Negaki qizlar bitta qobiqni ichida qolib ketmaydi, dunyoqarashi o‘zgaradi, fikrlashi kengayadi, u yerdagi ta’lim sifatini ko‘radi, tajriba orttiradi. O‘zbekistondan boshqa “dunyo” borligini ko‘rishi kerak. O‘qishga kirsam kirdim, bo‘lmasam “erfak”da o‘qiyman degani emas”, deydi respondentlardan biri.
“Men buni qo‘llab-quvvatlayman, qachonki qiz bolani o‘zi xohlasa, o‘zida harakat bo‘lsa. Eng avvalo, ota-onasi tushunishi kerak, erga bergan joyingiz ham tushunadigan, o‘qimishli bo‘lishi kerak”, deydi yana bir respondent.
To‘liq videoni QALAMPIR.UZ'ning YouTube'dagi sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
LiveBarchasi