Xorij fuqarolariga O‘zbekiston vizasini olib berishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida xorijiy davlat fuqarosi va uning oila a’zolariga O‘zbekiston vizasini olib berishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi B.K. va A.N. xorijiy davlat fuqarosi (qaysi davlat ekani ochiqlanmagan) A.S.ning ishonchiga kirib, tanishi A.H. va oila a’zolariga O‘zbekistonga kirish vizasini olib berishni va’da qilgani aniqlangan. 

Shuningdek, B.K. va A.N. mazkur vizalarni tanishlari yordamida 12 ming dollar evaziga olib berishini aytib, pullarning yarmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilishi haqida xabar berilgan edi. Bu bo‘yicha joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatar davlati fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo firibgarlik O'zbekiston vizasi pora berish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing