Xorazmdagi pedofil amaldorlar yangi qonun bo‘yicha sud qilinadimi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan voyaga yetmagan qizlar amaldorlar tomonidan 10 oy davomida zo‘rlab kelgani aniqlangandi.  

Shuningdek, joriy yilning 11 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. 

Xo‘sh, pedofil amaldorlar jinoyat sodir etilgan vaqtdagi qonun bilan jazolanadimi yoki yuqorida keltirib o‘tilgan qonun bilanmi?

Ushbu savolga javob olish uchun QALAMPIR.UZ Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi, gender masalalari bo‘yicha mutaxassis Kamola Aliyeva bilan bog‘landi.

“Bu masalada aytishim mumkinki, hech qaysi qonun orqaga qaytish huquqiga ega emas. Ya’ni Xorazmda bo‘lgan jinoyat vaqtida qaysi qonun amalda bo‘lsa, o‘sha bo‘yicha ish ko‘riladi. Afsuski, bu yangi qonun orqaga qaytmaydi va ish ham oldingi qonunchilik bilan ko‘riladi”, deydi Kamola Aliyeva.

Kamola Aliyeva bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qiling. 


Maqola muallifi

Teglar

sud Xorazm pedofil amaldorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing