Xorazmdagi maktabning barcha bitiruvchisi talaba bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi maktablarning birida bitiruvchilarning barchasi talabalikka qabul qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Yangiariq tumanining Tagan qishlog‘ida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabining 18 nafar bitiruvchisi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 sentyabr kuni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining javoblari ma’lum qilindi. Sayt serverlariga ortiqcha yuklama bo‘lmasligi uchun natijalar hududlar kesimida e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

763

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing