Xorazmdagi bozorda yong‘in kelib chiqdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan dehqon bozorida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 1 may kuni soat 21:39 da Gurlan tuman Mustaqillik ko‘chasi 4-uyda joylashgan “Gurlan dehqon bozori” MCHJ hududida qurilgan fuqaro J.O.ga tegishli do‘konning taxminan 35 metr kvadrat maydonida binoning tom va ichki qismi hamda fuqaro M.I.ga tegishli do‘konning 40 metr kvadrat maydonida binoning tom va ichki qismi yonib zararlangan. 

Yong‘indan hududdagi boshqa do‘konlarning 500 metr kvadrat qismidagi maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Xabarga ko‘ra, hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing